qarashlar
Hozirgi kunda Zomin aeroporti yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishi to‘xtatilib turibdi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Ma’lum qilinishicha, mazkur aeroportda katta aviabortlarni qabul qilish bo‘yicha ikkinchi bosqich ta’mirlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, meteorologik qurilmalarni ham modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jizzax viloyatida Zomin aeroporti 2023-yilning sentyabrida foydalanishga topshirilgan. Ilk parvozni Zomin aeroportida LET L-410 samolyoti boshlab berdi. Chexiyada ishlab chiqarilgan LET L-410 samolyoti 19 nafar yo‘lovchini tashish quvvatiga ega. Parvoz vaqti 35 daqiqani tashkil etadi.
O‘sha kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Pilatus PC-24 biznes-jeti samolyoti ham Zomin aeroportiga uchib keldi.
Comments
0 comment