qarashlar
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev harbiy xizmatga bel bog‘lagan, biroq tanish-bilishchilik sabab armiyaga borolmayotgan yoshlar bilan muloqot qilishni boshladi. Avvalroq u harbiy xizmatga otlangan yoshlarning shifokorlar tamagirligi sabab muammoga duch kelayotganini aytib, bunga qarshi kurashishini bildirgandi.
Hokimlik axborot xizmati rahbari Behzod Qobulovning “Daryo”ga ma’lumot berishicha, viloyat hokimining mana shunday muloqoti 17-fevral kuni bo‘lib o‘tgan.
Hokim qabulida bo‘lgan ona farzandini bir yillik xizmatga yuborish uchun shart-sharoiti to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab, shu sabab o‘g‘lini bir oylik xizmatga yubormoqchiligini, ayni kunda o‘g‘li otasiga yordam berib, ro‘zg‘orga pul topishda ko‘mak berayotganini aytadi. Viloyat hokimidan Safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmat qilmoqchi bo‘layotgan o‘g‘lining shartnoma pulini to‘lashda yordam so‘raydi.
Hokimlik axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, muloqotda viloyat hokimi, harbiy prokuratura va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etgan.
Comments
0 comment