menu
Zidan, Messi va Buffon. Braziliyalik Ronaldo o‘zining orzular jamoasini tuzdi 
Braziliyalik afsona barcha davrlarning eng yaxshilari deb hisoblaydigan futbolchilarini aytib o‘tdi

Braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldo o‘zining barcha davrlardagi ramziy terma jamoasini tuzdi.

Ronaldo darvozabon sifatida Janluijji Buffonni tanladi. Himoya chizig‘iga esa Kafu, Paolo Maldini, Fabio Kannavaro va Roberto Karloslarni joylashtirdi.

Yarim himoyada esa Zinedin Zidan, Diyego Maradona va Pele kabi futbolchilar bor. Ronalduning fikriga ko‘ra, Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va uning o‘zi hujum chizig‘iga munosib.

Bir yil avval ham Fenomen ramziy jamoasini tuzgan edi: Janluijji Buffon, Kafu, Frans Bekkenbauer, Paolo Maldini, Roberto Karlos, Ziko, Diyego Maradona, Lionel Messi va Ronaldinyo.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!