menu
Zelenskiy Rossiya pozitsiyalaridan 2,5 km uzoqlikda intervyu berdi (video)
Ukraina prezidenti urush qachon tugashi, 2024-yilgi rejalar, AQSH yordamining to‘xtashi ehtimoli va Putin haqida gapirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya pozitsiyalaridan 2,5 kilometr uzoqlikda Fox News telekanali boshlovchisi Bret Bayerga intervyu berdi. BBC intervyuning qisqacha tafsilotlarini keltirib o‘tdi.

Zelenskiy Bayerni Kupyansk yaqinidagi Xarkov viloyatiga taklif qilgani ramziy ma’noga ham ega. Urush boshida rus qo‘shinlari bu shaharni, shuningdek, Xarkov viloyatining muhim hududlarini egallab olishga, shuningdek, u yerda o‘z ma’muriyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Ammo Ukraina qurolli kuchlari bosib olingan hududining katta qismini qaytarib oldi.

Putinning Karlsonga bergan intervyusi haqida

Fox News boshlovchisi Zelenskiydan Putinning intervyusini tomosha qildingizmi, deb so‘raganida Ukraina prezidenti shunday javob berdi:

“Biz haqimizda, urush haqida, AQSH haqida ikki soat davomida bema’ni gaplarni tinglashga vaqtim yo‘q”.

Ukrainaning rejalari

Zelenskiy Ukrainaning 2024-yilga qanday rejalari borligi bilan bo‘lishdi. Jurnalist agar AQSH mablag‘ ajratmasa, bu qanday davom etishini so‘radi.

“So‘nggi oylarda shunga o‘xshash savollarni tez-tez eshitaman. Biz omon qolamizmi? Albatta. Lekin hammamiz ham emas. Agar dunyo bunga tayyor bo‘lsa, buni ko‘rasiz. Ammo bu fojia hisoblanadi. Nafaqat Ukraina, ukrainaliklar, balki butun Yevropa uchun fojia bo‘ladi”, — dedi u.

AQSH yordamining uzilishi ehtimoli

Urush boshlanganidan beri Ukrainaning xalqaro hamkorlari unga qariyb 170 milliard yevro miqdorida yordam ajratishga va’da berdi. Ushbu mablag‘ning 40 foizi sof harbiy yordam, 50 foizi moliyaviy yordam, taxminan 10 foizi gumanitar yordamdir. 42 davlat donor bo‘ldi, ammo ularning orasida 71 milliard yevrolik yordam ko‘rsatgan asosiysi, albatta, AQSH edi.

U agar AQSH bu yil ta’minotni qayta tiklamasa, “B” rejasi nima bo‘lishini tushuntirmadi, lekin Rossiya hali ham osmonda va sonda ustunlikka ega ekanini ta’kidladi.

Rossiya va Putin haqida

Rossiyaning yo‘qotishlari yuqoriroq

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va Rossiya harbiy yo‘qotishlarining nisbati birdan beshga teng.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!