menu
Yoshlar uchun: tadbirkorlik va biznes sari yo‘l
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga 

2024 yil 1 iyundan boshlab “Yosh tadbirkor” tanlovlarini o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Tanlov asosida “mahalla – tuman – viloyat – reapublika” bosqichlarida yoshlarning istiqbolli biznes loyiha va g‘oyalari saralanadi.

Bunda nogironligi bo‘lgan yosh tadbirkorlarning loyiha va g‘oyalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Respublika bosqichida saralashdan o‘tgan har bir loyihaga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravarigacha miqdordagi imtiyozli kreditlar ajratiladi.

G‘olib bo‘lgan biznes loyiha va g‘oyalar egalari Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

O‘zA

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!