11
qarashlar
qarashlar
So‘rov va muqobil qonun loyihalarining keyingi taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda
Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Yevropa Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatishda AQSH bilan raqobatlasha olmasligini maʼlum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika kuchli harbiy salohiyati sababli Ukrainaning kuchli tarafdori.
Amerika maʼmuriyati avvalroq Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun qo‘shimcha byudjet mablag‘lari so‘rab murojaat qilgan edi. AQSH prezidenti Jo Bayden boshchiligidagi ijroiya hokimiyati ushbu maqsadlar uchun taxminan 106 milliard dollar olish niyatida.
So‘rov va muqobil qonun loyihalarining keyingi taqdiri nomaʼlumligicha qolmoqda. Vakillar palatasi va Senatdagi bir guruh respublikachilar so‘nggi oylarda Kiyevga moliyaviy yordamning davom etishiga qarshi chiqqan.
Comments
0 comment