menu
Yevroparlament Ukrainani tiklashda Rossiya aktivlaridan foydalanishni ma’qulladi
Aktivlar Rossiyaning hujumi sababli musodara qilingan bo‘lsa, ulardan olingan sof daromadlar Ukrainani tiklash uchun ishlatilishi kerak — YI

Yevroparlament Yevropa Ittifoqining jinoiy kelib chiqqan aktivlarni musodara qilish bo‘yicha direktivasini ma’qulladi. Bu Rossiyaning Ukrainaga hujumi sababli muzlatilgan mablag‘laridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkonini beradi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, Yevropa Komissiyasi musodara qilingan aktivlar va mol-mulkdan tovon to‘lash, qayta tiklash va xalqaro jinoyatlardan jabrlangan davlatlarga tovon to‘lash uchun foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi kerak.

Kapitalning kelib chiqishini yanada samarali tekshirish uchun YIda faoliyat yurituvchi aktivlarni qayta tiklash bo‘yicha idoralarga katta vakolatlar beriladi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi endi musodara qilishning ikkita yangi turini joriy qiladi: ayblov hukmisiz musodara va kelib chiqishi noma’lum aktivlar musodarasi.

Yevroparlamentning aktivlarni musodara qilish masalasi bo‘yicha ma’ruzachisi Lorant Vinche yangi direktiva “xalqaro jinoiy tashkilotlar oladigan moliyaviy foydani maqsad qilganini” ta’kidlagan. 

Ma’ruzachiga ko‘ra, endi jinoyatchilar tomonidan musodara qilinmaslik uchun qo‘llanilayotgan qonunchilikdagi kamchiliklar “jinoiy faoliyat bilan bog‘liq kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan mol-mulkni musodara qilish to‘g‘risida”gi band orqali bartaraf etiladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!