qarashlar
Mart oyi oxirigacha Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 500 mingta o‘q-dorilarni jo‘natadi, 2024-yil oxirigacha esa ularning soni 1 millionga yetadi, dedi brifing chog‘ida Yevrokomissiya tashqi siyosat xizmati vakili Piter Stano.
2023-yil mart oyida Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel bir yil ichida Ukrainaga 1 million snaryad yetkazib berishga va’da bergan edi.
Stano yanvar oyida bo‘lib o‘tgan brifingda 2024-yil martigacha 1 million o‘q-dori yetkazib berish va’dasini bajarish qiyin ekanini aytgandi. Keyin u Yevropa Ittifoqi yillik ishlab chiqarishni 1 million donagacha oshirishni rejalashtirayotganini ham aytdi. Biroq Stano Jozep Borrell va’dasini o‘zining “siyosiy maqsadi” deb atadi va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini qo‘shimcha qildi.
15-mart kuni Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun 500 million yevro ajratishni maʼqulladi. Yevrokomissiya bu chora-tadbirlar yillik o‘q-dori ishlab chiqarishni 2025-yilga borib 2 million donaga yetkazishini kutmoqda.
Comments
0 comment