qarashlar
Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel natijalar e’lon qilinmasidan Rossiyaning amaldagi rahbari Vladimir Putinni prezidentlik saylovidagi “g‘alabasi” bilan tabrikladi. Bu haqda Bild xabar berdi.
Sharl Mishel Rossiyadagi prezidentlik saylovlari haqida kinoyali post e’lon qildi.
Rossiyada prezidentlik saylovlari bugun (15-mart) boshlandi va 17-martga qadar davom etadi. Ukrainadagi urushga oshkora qarshilik ko‘rsatgan birorta ham nomzod unda ishtirok etmayapti. Ushbu saylovlarda uch nomzodga Putin bilan “raqobatlashish”ga ruxsat berilgan:
Mavzuga doir: Rossiyada prezidentlik saylovi boshlandi. Putinga 3 kishi raqiblik qilmoqda
Yevropa Ittifoqi va NATO Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarining qonuniyligiga shubha qilmoqda. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrell zamonaviy Rossiyada erkin, adolatli va demokratik ovoz berishni tasavvur qilish qiyinligini aytgandi.
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ham bu bo‘yicha o‘z fikrini bildirgan: “Rossiyadagi saylovlar erkin va adolatli bo‘lmaydi”, degan u.
Aleksey Navalniyning bevasi Yuliya Navalnaya butun xalqaro hamjamiyatni Rossiyadagi saylovlarni tan olmaslikka chaqirgan. U ovoz berishda g‘alaba qozonish Vladimir Putinga mamlakatni 2030-yilgacha boshqarish imkonini berishini aytdi.
Comments
0 comment