menu
Yevropa Ittifoqi Ukrainaga harbiy yordam sifatida yana 5 mlrd yevro ajratadi
“Biz buni uddaladik”, deb yozdi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrell X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida

Yevropa Ittifoqi elchilari Ukrainaga harbiy yordam sifatida Ukrainaga 5 milliard yevro ajratishga kelishib oldilar.

“Biz buni uddaladik”, deb yozdi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Josep Borrell X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Pentagon Ukrainaga 300 million dollarlik yordam paketi nimalardan iborat ekanini ochiqlagandi. 

“Ushbu paket yordamning 55-transhi bo‘lib, 300 million dollargacha baholanmoqda. U Ukrainaning havo mudofaasi, artilleriya va tankka qarshi qurollarga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘z ichiga oladi”, — deyiladi Pentagon saytida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!