menu
Yevrokomissiya o‘q-dorilar ishlab chiqarish uchun 500 million yevro ajratdi
“Bu Yevropa mudofaa sanoatiga 2025-yil oxirigacha o‘q-dorilar ishlab chiqarish quvvatini yiliga 2 millionta o‘qqacha oshirish imkonini beradi”, — deyiladi Yevropa komissiyasi bayonotida

Yevropa komissiyasi o‘q-dorilar ishlab chiqarish uchun Yevropa mudofaa sanoatiga 500 million yevro ajratdi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha Yevroparlament Yevropa Ittifoqining jinoiy kelib chiqqan aktivlarni musodara qilish bo‘yicha direktivasini ma’qulladi. Bu Rossiyaning Ukrainaga hujumi sababli muzlatilgan mablag‘laridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkonini beradi.

Endilikda Yevrokomissiya musodara qilingan aktivlar va mol-mulkdan tovon to‘lash, qayta tiklash va xalqaro jinoyatlardan jabrlangan davlatlarga tovon to‘lash uchun foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishi kerak bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!