menu
YCHL. “Barselona” o‘z maydonida “Napoli”ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi 
Xavi shogirdlari ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining nimchorak final javob o‘yinida “Barselona” 12-mart, seshanba kuni “Napoli”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv kataloniyaliklarning ustunligida boshlandi. 15-daqiqada Fermin Lopez darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, “ko‘k-anorranglilar” hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Bu safar gol muallifi Joau Kanselu bo‘ldi.

30-daqiqada Rrahmani hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘lim 2:1 hisobida kataloniyaliklar ustunligida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda neapolliklar tempni tushirdi. 83-daqiqaga kelib esa hisob o‘zgardi. “Barselona” o‘zining an’anaviy tiki-taka uslubida raqib jarima maydoniga kirib bordi va Robert Levandovski ushbu hujumni gol bilan yakunladi. Shu tariqa ispanlar 3:1 hisobida zafar quchib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

YCHL

1/8 final

12-mart, seshanba

Gollar: 1:0 – 15 Lopes, 2:0 – 17 Joau Kanselu, 2:1 – 30 Rrahmani, 3:1 – 83 Levandovski.

“Barselona”: ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu, Kristensen (Romeu, 61), Gundo‘g‘an, Lopes (Serji Roberto, 60), Rafinya (Joau Feliks, 81), Yamal, Levandovski.

“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Jezus, Rrahmani, Mariu Ruy (Olivera, 64), Lobotka, Zambo-Angissa, Traore (Raspadori, 78), Politano (Lindstrem, 64), Kvarasxeliya, Osimhen.

Ogohlantirishlar: Kristensen (19), Yamal (44), Jezus (45), Traore (63), Olivera (67).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!