qarashlar
- USD12928.27
- RUB129.66
- EUR13462.21
- Toshkentda+10°C
“Daryo” nashrida 23-dekabr kuni Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov 2024-yil 25-oktyabrdagi qarori bilan o‘zini 62 million so‘m bilan mukofotlaganiga oid material e’lon qilingan edi.
Unda tuman hokimi, birinchi sektor rahbari Baxtiyor Rahmonqulov “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan tuman mahalliy byudjetining 2024-yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha orttirilgan mablag‘lar hisobidan 61 million so‘mdan ziyod mablag‘ bilan mukofotlagani haqida ajratish belgilangani qayd etilgan.
Holat yuzasidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, hokimning o‘zini mukofotlash to‘g‘risidagi qarori qonunchilikka muvofiq qabul qilingan.
“Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muammolarning hal etilishi, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning faoliyatiga baho berishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-avgustdagi 536-son qarorida:
▫️sektorlar faoliyati samaradorligini baholash Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali amalga oshirilishi;
▫️baholash natijalari bo‘yicha hududlar darajasida “Eng tashabbuskor sektor” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanishi va 1-o‘rin uchun BHMning 200 baravari, 2-o‘rin – 150 baravari, 3-o‘rin – 100 baravari miqdorida pul mablag‘i bilan rag‘batlantirilishi belgilangan.
Shunga muvofiq, Toshkent shahar hokimining farmoyishi (qaysi farmoyishligi aytilmagan)ga asosan, 12 tumanning barcha 48 ta sektori kesimida o‘tkazilgan baholash natijasida Yashnobod tumani hokimi 1-sektor rahbari B.Rahmonqulov 2-o‘rinni egallagan va unga BHMning 150 baravari miqdorida pul mukofoti ajratilishi belgilangan.
Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, mukofot mablag‘lari mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
2024-yil 13-martda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yashnobod tumani hokimining 2024-yil 24-oktyabrdagi qarori qabul qilinib, B.Rahmonqulovga 61,9 mln so‘m ajratilishi ko‘rsatilgan. Ajratilgan mablag‘dan 12,4 mln so‘m yagona ijtimoiy to‘lov, 5,9 mln so‘m daromad solig‘i ushlab qolinib, B.Rahmonqulovga 43,6 mln so‘m pul mukofoti berilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar buzib ko‘rsatilgan bo‘lib, Yashnobod tumani hokimi 1-sektor rahbari B.Rahmonqulov qonunchilikka muvofiq rag‘batlantirilganligini ma’lum qilinadi”, deyiladi agentlik rasmiy munosabatida.
Ma’lumot uchun, materialni tayyorlash jarayonida “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Toshkent shahar va Yashnobod tuman hokimligi axborot xizmati xodimi nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lmaganini bildirgan.
“Inflyatsiya — kambag‘alga soliq”. Narxlar oshishi xalq cho‘ntagiga qanday taʼsir qiladi? 7 dekabr, 16:40Parlamentdagi tortishuv: Alisher Qodirov va deputatlar avtobus yo‘laklari masalasida spikerga qarshi chiqdi
12 dekabr, 20:21“Yunusobod” bozori savdo, biznes va dam olish markaziga aylanadi
13 dekabr, 19:30Ijtimoiy karta, kambag‘al oilalar va nogironligi borlar sharoitini yaxshilash: prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha qanday tashabbuslarni ilgari surdi?
13 dekabr, 20:10Acıbadem: tibbiyot sohasidagi yutuqlar va yangiliklar
16 dekabr, 09:00Vazirlik, idoralar, hokimliklar ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligi baholanadi
17 dekabr, 10:10Fototarix: O‘zbekistonda Yangi yil shukuhi: 1930-yillardan 2000-yillargacha
17 dekabr, 12:25Bu — uchinchi fojia. O‘zbekiston hayvonot bog‘larida yirtqichlar qurboniga aylangan insonlar
19 dekabr, 11:30O‘zbekistonda poliklinikalarga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan laboratoriyalar tashkil etiladi
21 dekabr, 12:31O‘zbekistonda hokimliklarga yangi vakolatlar beriladi
23 dekabr, 10:50Yashnobod hokimi o‘zini 62 million so‘m bilan mukofotladi. Hokimlik MIBdan salkam 700 million so‘m qarzdor
23 dekabr, 18:12O‘zbekistonda atmosferani ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish tartibi belgilandi
23 dekabr, 21:35O‘zbekistonga chekilmaydigan tamaki mahsulotlari olib kirganlar qanday jazolanadi?
Kecha, 10:30Kuchli charchoq, dispetcherlar xatosi, samolyot yukxonasidagi bomba... Eng yirik aviahalokatlar tarixiga nazar
Kecha, 19:58Izoh (0)
Kirish
Yuborish Bekor qilish
':s&&(e=' '),e}buildRightPage();
Comments
0 comment