menu
Yaponiyaning McDonald’s kompaniyasi kartoshka fri iforli atir ishlab chiqardi
Flakon ham o‘ziga xos dizayn va shaklga ega bo‘lib, unga haqiqiy kartoshka fri qadog‘iga o‘xshash qizil va sariq rang berilgan

Joriy yilning 8-mart kunidan boshlab McDonald’s fastfud taomlari restoranining Yaponiyadagi filiallarida qovurilgan kartoshka hidli atirlar sotila boshlandi. Bu haqda ‘‘Korrespondent.net’’ xabar bermoqda.

Kafening X tarmog‘i (avvalgi Twitter)dagi rasmiy sahifasida

Atirning uch xil ifori mavjud: klassik kartoshka fri, dengiz o‘tlari va tuzli kartoshka hamda qalampir va mayonezli kartoshka. Ularning narxi qancha ekani haqida ma’lumot berilmagan.

Atirning har bir idishi o‘ziga xos dizayn va shaklga ega bo‘lib, haqiqiy kartoshka fri qadog‘iga o‘xshash qizil va sariq rangli dizaynda tuzilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!