menu
Xorazmda o‘quvchilarni kaltaklagan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi
Shuningdek, o‘qituvchi jarimaga tortildi

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida o‘quvchilarni kaltaklagan maktab o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabar berdi

Fevral oyida Xorazm viloyati Xonqa tumani 36-sonli maktabning boshlang‘ich sinf mehnat fani o‘qituvchisi o‘quvchilarni dars paytida nazorat ishlarini to‘g‘ri bajarmagani vaji bilan kaltaklagan edi. Holat yuzasidan o‘qituvchiga nisbatan sudga oid psixiatriya ekspertizasi tayinlangandi. 

Bolalar ombudsmanining maʼlum qilishicha, o‘qituvchi M.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2024-yil 1-martdan boshlab bekor qilindi.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv natijasida M.A. Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (yengil tan jarohati yetkazish) asosida javobgarlikka tortilib, tegishli jarima solindi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!