menu
Xorazmda fermer xo‘jaligi 3,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Fermer xo‘jaligiga qarashli binoda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortilgan bo‘lgan

Xorazm viloyatida fermer xo‘jaligi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida tizimga 3 milliard  so‘mdan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Urganch tumanida joylashgan “M.” fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli binoda yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Holat Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirda aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 374 million so‘m (2 million 249 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!