menu
Xorazmda 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
Holat yuzasidan MCHJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Xorazmda 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “M.M.S” MCHJ rahbari N.R. jamiyatga qarashli sut mahsulotlarini qayta ishlash sexida tijorat maqsadlarida ikki dona bug‘ qozonlarini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 1 mlrd 983 mln so‘mlik 1 mln 322 ming metr kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan “M.M.S” MCHJ rahbari N.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!