menu
Xiva tumaniga yangi hokim tayinlandi 
Nomzod prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zahirasidan tavsiya etilgan

Xorazm viloyati Xiva tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, bugun xalq deputatlari Xiva tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov sessiya qatnashchilariga Xiva tumani hokimi lavozimiga prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zahirasidan tavsiya etilgan nomzod — Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Sardor Palvanovni tanishtirdi. 

Muzokaralarda so‘zga chiqqanlar nomzodni qo‘llab-quvvatlagan. Sessiyada viloyat hokimining Sardor Palvanovni Xiva tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!