menu
Xitoylik qiz 2 yil davomida naushnikda musiqa tinglagani uchun bir qulog‘i eshitmay qoldi
Qiz quloqchinda musiqa eshitib uxlashga odatlangan va oxir-oqibat butun tunni naushnik taqib o‘tkazgan

Xitoyning Tzibo shahrida yashovchi qiz ikki yil davomida uyqu vaqtida naushnik orqali musiqa tinglab yotgani uchun chap qulog‘i qisman eshitmay qoldi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar berdi.

Shahardagi korxonada kotiba bo‘lib ishlovchi Vang familiyali qiz ish vaqtida rahbarining past ovozda gapirishini umuman eshita olmasligini payqagach, shifokorga murojaat qildi.

Bemorning so‘zlariga ko‘ra, qiz kollejda o‘qib yurgan vaqtlari har kecha musiqa ohangi ostida uxlab qolish uchun quloqchinlardan foydalangan va ular tuni bilan to‘xtovsiz ishlab yotgan.

To‘liq tekshiruvlar o‘tkazilgandan so‘ng, shifokorlar Vangning chap qulog‘ida ortga qaytarib bo‘lmaydigan nevrologik buzilishlarni aniqladi. Endi u eshitish apparatidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.

Eshitish bilan bog‘liq bunday muammolarning oldini olish uchun shifokorlar “3 ta 60” tamoyiliga amal qilishni maslahat beradi:

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!