menu
Xitoy xorijlik mutaxassislar uchun viza talablarini yengillashtirishni rejalashtirmoqda
Endilikda mamlakatda ketma-ket ikki yil yashagan mutaxassislar, bir yillik emas, besh yillik vizaga murojaat qilishlari mumkin

Xitoy hukumati xorijlik mutaxassislar uchun viza tartibini yengillashtirish niyatida. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi migratsiya masalalari bo‘yicha davlat boshqarmasi vakili Tszya Tunbin bayonotiga asoslanib, Nikkei Asia nashri xabar berdi.

Rasmiy vakilning tushuntirishicha, “taniqli kompaniyalar”da ishlayotgan yoki ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi xorijliklar, agar ular mamlakatda ketma-ket ikki yil yashagan bo‘lsa, bir yillik emas, besh yillik vizaga murojaat qilishlari mumkin.

Xuddi shunday imtiyozlar Xitoyda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lgan tadbirkorlar uchun ham taqdim etiladi.

Jia Tongbing, shuningdek, xorijlik mutaxassislar yashash uchun ruxsat olishga ariza topshirishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi, biroq ularni tasdiqlash shartlariga aniqlik kiritmadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!