menu
Xitoy TIV: TikTok’ni taqiqlash bu — gangsterlar taktikasi 
Pekin ham hozirda Amerikaning aksariyat ijtimoiy tarmoqlarini, jumladan Google, YouTube, X, Instagram va Meta’ni bloklab qo‘ygan

Vashingtonning TikTok’ni blokirovka qilishga urinishlari “gangster taktikasi”dir. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSH Kongressi Vakillar palatasi tomonidan mashhur platformani taqiqlovchi qonun loyihasining qabul qilinishiga shunday munosabat bildirdi, deb yozadi Euronews.

Agar qonun loyihasi Senat tomonidan ma’qullansa, ByteDance kompaniyasida ijtimoiy tarmoqni sotish uchun olti oy vaqti bo‘ladi. Aks holda u bloklanadi.

Oq uy Xitoy hukumati istalgan vaqtda videoplatformaning 170 million amerikalik foydalanuvchisi maʼlumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkinligiga ishonib, platforma AQSH milliy xavfsizligiga tahdid soladi, deb hisoblaydi.

Ba’zi qonunchilar va ekspertlarning ta’kidlashicha, ilova Pekinga to‘g‘ri kelmaydigan kontent chiqarishini aytgan, razvedka idoralari uni AQSHdagi avvalgi saylovlarda saylov kampaniyasiga ta’sir ko‘rsatish uchun TikTok’dan foydalanishga urinishda ayblagan.

Kompaniya rahbariyati ushbu xizmatdan Xitoy rasmiylari tomonidan vosita sifatida foydalanish mumkinligi haqidagi iddaolarni rad etgan.

Biroq Pekinning o‘zi hozirda Amerikaning aksariyat ijtimoiy tarmoqlarini, jumladan Google, YouTube, X, Instagram va Meta’ni bloklab qo‘ygan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!