menu
Xitoy, Rossiya va Eron harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazmoqda
Mashg‘ulotlarga jami 20 dan ortiq kema va harbiy vertolyotlar jalb etilgan

Xitoy, Rossiya va Eron harbiy-dengiz kuchlari Ummon ko‘rfazida 15-martgacha davom etadigan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

Mashg‘ulotlarga uch davlatdan jami 20 dan ortiq kemalar, jangovar katerlar, shuningdek, harbiy vertolyotlar jalb etilgan.

Bir yil avval Rossiya, Eron va Xitoy Ummon ko‘rfazida qo‘shma dengiz mashqlarini o‘tkazgan. Shuningdek, 2023-yilda Rossiya va Xitoy Janubiy Afrika bilan hamkorlikda harbiy-dengiz mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgan.

Xitoy va Rossiya 2022-yilda oltita qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan. AQSH Milliy mudofaa universiteti qoshidagi Xitoy harbiy ishlarini o‘rganish markazi tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, bu so‘nggi yigirma yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!