menu
Xitoy kompaniyasi Farg‘ona xalqaro aeroportini modernizatsiya qiladi
Farg‘ona viloyati hokimi Xitoyning Rongjiang sarmoya guruhi va qator kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Rongjiang sarmoya guruhi, Tianjin Qiyuan Airport Construction, Asia Fuji Changlin, Jiansu kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida faoliyat olib boruvchi yirik Rongjiang sarmoya guruhi Farg‘ona shahridagi Ekoshahar hududida ko‘p qavatli turar joylar majmuasi barpo etish loyihasiga investitsiya yo‘naltirmoqda. Shuningdek Farg‘ona va Xitoy o‘rtasida o‘zaro savdo ko‘lamini kengaytirish maqsadida Farg‘onada Xitoy Transport-logistika markazini tashkil etish loyihasi ustida ish olib bormoqda. Rongjiang guruhining viloyatimizdagi loyihalari rahbari etib tayinlangan Szyao Minsyan, turar joy majmuasi qurilishiga may oyida start berilishini bildirdi.

Xitoyda 26 ta aeroportni qurib foydalanishga topshirgan hamda boshqaruvini amalga oshirayotgan Tianjin Qiyuan Airport Construction kompaniyasi vakillari bilan Farg‘ona xalqaro aeroportini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va boshqarish masalasi muhokama qilindi.

Asia Fuji Changlin Elevator kompaniyasi rahbari Yan Van Shun, yuqori tejamkor texnologiyalarga asoslangan issiqlik energiya stansiyasi barpo etish loyihasi bo‘yicha o‘z konsepsiyalarini viloyat hokimiga taqdim etdi.

Farg‘ona shahri hududida ko‘p qavatli zamonaviy turar joy majmuasi barpo etish loyihasi ustida ish olib borayotgan Jiansu kompaniyasi vakillari Van Li Fey hamda Chen Shin Jong, loyihani amalga oshirish jarayonlari haqida maʼlumot berdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!