menu
Xitoy: blok qarama-qarshiligi hech bir davlat xavfsizligini ta’minlamaydi
Avvalroq Oliy Rada deputati Ukrainaning Xitoy bilan kurashga tayyorligini aytgan edi

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Xitoy Ukraina inqirozini siyosiy jihatdan tartibga solishda konstruktiv rol o‘ynashda davom etishini ta’kidladi. U blok qarama-qarshiligi ma’lum bir mamlakat xavfsizligini ta’minlay olmasligini qo‘shimcha qildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Brifingda “TASS”ning so‘roviga ko‘ra, Mao Ning Oliy Rada deputati Aleksey Goncharenkoning Ukrainaning Xitoy bilan AQSH tomonida kurashishga tayyorligi haqidagi so‘zlariga izoh bergan.

23-fevral kuni Goncharenko CNN telekanaliga bergan intervyusida, agar kelgusida urush boshlansa va Vashingtonga ittifoqchi kerak bo‘lsa, Ukraina Tehron, Shimoliy Koreya yoki Pekin yaqinidagi xandaqlarda AQSH bilan yelkama-yelka turishga tayyorligini aytgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!