menu
Xitoy AQSH mudofaa byudjetidagi “Xitoy tahdidi” yuzasidan norozilik bildirdi
Xitoy rasmiysiga ko‘ra, hujjatning Xitoyga oid “salbiy qoidalari” “Pekin tahdidini haddan tashqari bo‘rttirib ko‘rsatmoqda”

Xitoyning Butunxitoy xalq vakillari kengashi AQShning 2025-yilgi mudofaa byudjetida XXRning obro‘sizlantirilishi munosabati bilan keskin norozilik bildirdi.

Butunxitoy xalq vakillari kengashi tashqi ishlar qo‘mitasi rasmiy vakili Syuy Dun AQSH mudofaasiga 895 milliard dollar miqdorida mablag‘ ajratilishi haqidagi hujjat imzolanishini izohlar ekan, shunday dedi:

Uning aniqlik kiritishicha, hujjatning Xitoyga oid “salbiy qoidalari” “Xitoy tahdidini haddan tashqari bo‘rttirishda davom etmoqda, Tayvanga harbiy yordam berish masalasi atrofida shov-shuv ko‘tarmoqda, Xitoyning texnologik va iqtisodiy rivojlanishini to‘xtatishga urinmoqda, Xitoy-Amerika o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy almashinuvlarni cheklamoqda, Xitoyning ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralashmoqda hamda Xitoyning suverenitetiga, xavfsizligiga va rivojlanish manfaatlariga putur yetkazmoqda”.

Xitoylik rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, Tayvan masalasi, demokratiya, inson huquqlari, siyosiy tizim va rivojlanish huquqi “Xitoyning qizil chiziqlari bo‘lib, ularni kesib o‘tib bo‘lmaydi”.

AQSH prezidenti Jo Bayden 23-dekabr kuni mamlakatning 2025-moliyaviy yiliga mo‘ljallangan 895 milliard dollarlik mudofaa byudjetini tasdiqladi. Mazkur hujjatda Xitoy 107 marta tilga olingan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!