qarashlar
Har bir tadbirkor – fermermi, quruvchimi, avtopark yoki ishlab chiqarish sohasi egasimi – o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun texnikaga muhtoj. Katta mablag‘larga yoki garovga qo‘yiladigan mol-mulkka ega bo‘lmagan holda bu muammoni hal qilish mumkinmi? Ha, agar siz Mikro Leasingga murojaat qilsangiz, u yerda siz uchun har doim mijoz individual xohishlarini inobatga olgan holda moslashuvchan lizing shartlari taklif etiladi.
Asosiy yo‘nalishlarimiz: yengil avtomobillar, yuk transporti, maxsus texnika, qishloq xo‘jaligi texnikasi, uskunalar.
Lizingning asosiy shartlari: dastlabki to‘lov: 30%dan boshlab; lizing muddati: 13 oydan 36 oygacha.
O‘z segmentida yetakchi o‘rin
Biz 2022 va 2023-yillar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston lizing bozorida eʼtirof etilgan yetakchimiz. Kompaniyamiz 2019-yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, shu davr mobaynida 8000dan ortiq obyektni moliyalashtirdik. Shu tariqa minglab mijozlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning ishonchini qozondik. Ko‘pchilik mijozlarimiz qaytadan bizga murojaat qilmoqda.
Xalqaro tajriba
Mikro Leasing xalqaro Mikro Kapital Group xoldingiga kiradi. U 15 davlatda kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy xizmatlar ko‘rsatib keladi. Biz o‘z obro‘-eʼtiborimizni qadrlaymiz va shu sabab xalqaro standartlarga mos, masʼuliyatli moliyalashtirish tamoyillariga qatʼiy rioya qilamiz.
Yarim yilda yoki har chorakda to‘lash imkoni
Biz mavsumiylik ko‘plab tadbirkorlar, ayniqsa fermerlarga taʼsir qilishini bilamiz. Shu sabab sizga har yarim yilda yoki har uch oyda bir marotaba to‘lash imkonini beramiz. Mikro Leasing har bir mijoz biznesining o‘ziga xos jihatlarini inobatga olib, to‘lovlarni maksimal daromad davrlariga moslashtirib beradi!
Rasmiylashtirish masalalarini biz o‘zimiz hal qilamiz
Siz faqat anketa to‘ldirasiz, to‘lov jadvalini imzolaysiz va minimal hujjatlar to‘plamini yuborasiz, so‘ng obyektni salondan olib ketasiz. Rasmiy dilerlar bilan kelishib olish, sug‘urtalash, ro‘yxatdan o‘tkazish kabi barcha ishlarni biz o‘z zimmamizga olamiz. Katta tajriba, xodimlarimizning bilimi va professionalgi tashkiliy ishlarga vaqt sarflashdan sizni xoli qiladi.
Mijoz bilan doim aloqadamiz!
Obyektni taqdim etgandan so‘ng ham biz mijoz bilan bog‘lanib, har qanday savollar bo‘yicha ko‘maklashamiz va maslahat beramiz. Mikro Leasing menejeri telefon raqami har doim aloqa uchun ochiq.
Rasmiy shartnoma – bitim ishonchliligi va qonuniyligining kafolati
Notarial tasdiqlangan shartnoma qatnashchilarga ko‘proq huquqiy himoya beradi va lizingni rasmiylashtirish qonuniyligini tasdiqlaydi. Shu bilan siz Mikro Leasing bilan shartnomangiz shaffofligidan xavotirlanmaysiz.
Lizing arizasiga javob – bir ish kunida
Zamonaviy tezkor dunyoda har daqiqa g‘animat. Biz buni tushunamiz va maksimal qulay xizmatlarni taklif etamiz. Mijozlarimizning 95% bir ish kuni ichida ijobiy javob oladi. Nega buncha tez fursatda? Chunki biz ichki jarayonlarni optimallashtirib, qog‘ozbozlikni minimalga darajaga tushirdik. Shu bois siz vaqtingizni tejaysiz va lizing obyektidan tezroq foydalanishni boshlaysiz.
Barcha segmentlar bilan ishlaymiz
Mikro Leasing eshiklari hamma uchun ochiq. Jismoniy shaxslar, yakka turdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillari – biz har biri uchun optimal yechim topamiz.
Minimal hujjatlar to‘plami
Arizani ko‘rib chiqish uchun turli idoralarga yugurish va ko‘plab maʼlumotnomalar to‘plash shart emas. Biz faqat odatda qo‘lingizda mavjud yoki onlayn yuklab olish mumkin bo‘lgan asosiy hujjatlar ro‘yxatini so‘raymiz.
*Jismoniy va yuridik shaxslar uchun hujjatlar ro‘yxati farq qilishi mumkin.
Barcha lizing obyektlari uchun yagona qoidalar
Biz O‘zbekiston bozorida mavjud bo‘lmagan yoki narxi nomaʼlum obyektlarni taklif etmaymiz. Asosiy shart: lizing obyekti O‘zbekiston hududida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan bo‘lishi lozim.
Qayta lizing xizmati mavjud
Bu shunday lizing turi-ki, unda korxona likvid mol-mulkini lizing beruvchiga sotadi va so‘ngra uni lizingga rasmiylashtiradi. Bu uskuna, avtotransport, maxsus texnika yoki ko‘chmas mulk bo‘lishi mumkin. Shu tarzda lizing oluvchi biznesni rivojlantirish uchun mablag‘ oladi va aktivlardan foydalanish huquqini saqlab qoladi. Shartnoma muddati tugagach va majburiyatlar bajarilgach, korxona mol-mulkni qayta o‘z egaligiga oladi.
O‘zbekistonning yirik shaharlarida filiallar
Bosh ofisimiz Toshkent shahrida joylashgan. Mijozlar qulayligi uchun joriy yil bahorida Sergeli tumanida filial ochdik. Shuningdek, bugungi kunda Mikro Leasing ofislari Samarqand, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Urganch va Qarshi shaharlarida ham mavjud bo‘lib, mijozlar u yerda maslahat olishlari va lizing rasmiylashtirishlari mumkin.
Islomiy lizing (alohida yo‘nalish)
Biz O‘zbekiston musulmonlari idorasidan islomiy moliyalashtirish tamoyillariga moslik bo‘yicha rasmiy tasdiqqa egamiz. Kompaniyamiz kechiktirilgan to‘lovlar uchun jarima (penya) orqali daromad olmaydi. Shu bilan birga, lizing oluvchi kechiktirish hollarida xayriya tashkilotlariga badal to‘lashi shart.
Mikro Leasing xizmatlaridan foydalaning va lizingning qulayligi hamda moslashuvchanligini baholang. Siz o‘z biznesingiz rivojiga eʼtibor qaratib, qolgan ishlarni bizga qo‘yib bering!
Sayt: mikro-leasing.uz
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Ijara Mikro Leasing:
Reklama huquqi asosida.
Comments
0 comment