menu
‘‘Xalqaro bosim Isroilning HAMAS ustidan g‘alaba qozonishiga to‘sqinlik qilolmaydi’’ — Isroil rasmiysi
Vazir o‘rinbosari G‘azo operatsiyasini AQSHning Iroqdagi operatsiyasiga qiyoslagan va isroilliklar AQSHga qaraganda tezroq va aniqroq ishlayotganini bildirgan

Urushni tugatish borasida xalqaro bosim kuchayishi Isroilni HAMASni yo‘q qilish maqsadidan qaytara olmaydi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning bosh maslahatchisi Ofir Falk bu haqida maʼlum qildi. Voqeaning to‘liq tafsilotlarini Al Jazeera nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Isroil kuchlari G‘azo sektorida HAMAS tomonidan boshqariladigan 24 ta batalyondan 18 tasini demontaj qilgan. 21 500 dan ortiq HAMAS jangchisi o‘ldirilgan. Raqibning tunnel infratuzilmasi vayron qilingan.

Isroil rasmiysi Ofir Falk HAMASga qarshi operatsiyani muvaffaqiyatli deb hisoblashini maʼlum qilgan. Vazir o‘rinbosari G‘azo operatsiyasini AQSHning Iroqdagi operatsiyasiga qiyoslagan va isroilliklar AQSHga qaraganda tezroq va aniqroq ishlayotganini bildirgan. Tel-Aviv rasmiysiga ko‘ra, AQSH harbiylari Iroqning Mosul shahrida 5000 ISHID aʼzosini yo‘q qilish uchun to‘qqiz oy vaqt sarflagan. Isroil esa atigi 5 oyda 21 ming jangarini yo‘q qila olgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!