menu
WBC prezidenti Usik va Fyuri o‘rtasidagi jangda 6 nafar hakam ishlashini xohlamoqda 
“Bunday darajadagi janglarda hakamlarni ko‘paytirish lozim”, — deydi Maurisio Sulaymon

Oleksandr Usik va Tayson Fyuri o‘rtasidagi jangda 6 nafar hakam ishlashi mumkin.

WBC prezidenti Maurisio Sulaymon 8-mart kuni bo‘lib o‘tgan Rey Vargas va Nik Boll o‘rtasidagi jang natijasidan norozi bo‘lgan. Boll 8 va 11-raundlarda nokdaun qilgan bo‘lsa-da, yakunda hakamlar durang qayd etgan va Vargas titulni o‘zida saqlab qolgandi.

“O‘tgan haftada biz ko‘rgan voqea hakamlik qanchalik darajada bahslashadigan mavzu bo‘lib qolganining isboti. 

Bir hakam uni, boshqasi esa bu bokschini tanladi. Usik va Fyuri jangida bunday hakamlik boksga zarar yetkazishi mumkin.

Bunday darajadagi janglarda hakamlarni ko‘paytirish lozim. Bu taklifni IBF, WBA va WBO’ga ham yuboraman”, — deydi Maurisio Sulaymon.

Eslatib o‘tamiz, Usik va Fyuri o‘rtasidagi mutlaq jahon chempionligi jangi 18-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!