menu
Voleybol bo‘yicha “Toshkent shahar IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi 
Musobaqa finali “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida 14-mart kuni sportning voleybol turi bo‘yicha Toshkent shahar “IIBB boshlig‘i kubogi” musobaqasining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Finalda o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bahslarda Yangihayot tumani “Fayzli” mahallasi jamoasi g‘olib bo‘lib, Toshkent shahar “IIBB boshlig‘i kubogi”ni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin – Mirzo Ulug‘bek tumani “Farobiy” mahallasi jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Yunusobod tumani “Nurmakon” mahallasi jamoasiga nasib etdi.

Qizlar o‘rtasidagi musobaqada Sergeli tumani “Yangi Sergeli” mahallasi jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Ikkinchi o‘rin Bektemir tumani “Mirishkor” mahallasi jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni Yashnobod tumani “Axmad Yassaviy” mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i, shahar prokurori, soliq boshqarmasi boshlig‘i, Davlat xavfsizlik xizmati vakillari, Milliy gvardiyaning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i, Sport boshqarmasi, voleybol federatsiyasi Toshkent shahar filiali boshlig‘i qatnashdi.

 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!