menu
Voleybol bo‘yicha “Toshkent shahar IIB boshlig‘i kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
Musobaqaning final bosqichi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi

Toshkent shahar mahallalaridagi iqtidorli yoshlarni kashf etish maqsadida voleybol  bo‘yicha  “Toshkent shahar IIBB boshlig‘i kubogi” bo‘lib o‘tmoqda. 15-fevralda start olgan bahslar tobora qizg‘in pallaga yaqinlashmoqda.

Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqaning yarim finalida o‘g‘il bolalar jamoasi orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Mirzo Ulug‘bek tumanining “Al-Farobiy” mahallasi va Yangihayot tumanining “Fayzli” mahallasi jamoalari final bosqichida 1 va 2-o‘rin uchun o‘zaro kurashadi.  

Qizlar jamoasi o‘rtasida Sergeli tumanining “Yangi Sergeli” mahallasi va Bektemir tumanining “Mirishkor” mahallasi birinchi o‘rin uchun o‘zaro kurash olib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, 1-o‘rin uchun jamoaning har bir vakiliga 7 million so‘mdan, 2-o‘rin uchun 5 million so‘mdan, 3-o‘rin uchun 3 million so‘mdan pul mukofoti beriladi.

Musobaqaning final bosqichi 14-mart kuni soat 12:00 da boshlanadi va Toshkentning Yunusobod tumani Turg‘unboyev ko‘chasidagi “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi. Final bosqichi qizg‘in sport o‘yini va shou dasturlari bilan davom etadi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!