18
qarashlar
qarashlar
Nigerdagi isyonchilar 16-mart kuni AQSH bilan harbiy kelishuvni bekor qilganini aytgan edi
Niger isyonchilari Vashington bilan harbiy kelishuvni buzganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar Afrikada qo‘shinlarini joylashtirishning muqobil variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Senat qurolli kuchlar qo‘mitasi raisi Jek Rid ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
Ridning ta’kidlashicha, AQSH harbiylardan tashqari Afrikada diplomatik vakolatlarini ham o‘rnatishi lozim.
Nigerdagi vaziyat va AQSH bilan kelishuvning buzilishi
16-mart kuni Nigerdagi isyonchilar AQSH bilan harbiy kelishuvni bekor qilganini e’lon qilgan edi. Bu qaror Amerika rasmiylarining tashrifidan so‘ng qabul qilingan. Mamlakat shimolida dronlarga ega Amerika bazasi joylashgan. 2023-yil oxirida Nigerda 1,1 mingga yaqin AQSH harbiy xizmatchisi bo‘lgan.
Comments
0 comment