menu
Uzbekistan Airways samolyoti qanotida yamoqlar. Kompaniya rasmiy munosabat bildirdi
Kompaniyaning bildirishicha, bu muammo Boeing 787 Dreamliner havo kemalarining parvozlar xavfsizligi va qulayligiga hech qanday taʼsir ko‘rsatmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Uzbekistan Airways kompaniyasiga tegishli Boeing 787 Dreamliner qanotida yamoqlar aks etgan video tarqaldi. Kompaniya ushbu holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Taʼkidlanishicha, Boeing kompaniyasining B787 havo kemalari kompozit qismlaridagi bo‘yoqlarning ko‘chishi birinchi marta sodir bo‘lmayapti.

Kompaniyaning bildirishicha, barcha aviatashuvchilar ultrabinafsha nurlar taʼsirida ushbu turdagi havo kemalaridagi bo‘yoq qoplamasini ko‘chishi haqida muntazam ravishda xabar beradi. Boeing kompaniyasi kompozit yuzalarida bo‘yoq qoplamasi muammolariga duch kelayotgan yagona aviatsiya ishlab chiqaruvchi emas.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!