menu
Uzbekistan Airways qanotlarida Germaniya shaharlariga sayohat qiling

Toshkentdan Myunxen va Frankfurtga to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar Germaniyaning eng yorqin shaharlariga qulaylik bilan yetib borish va ularning qishki go‘zalliklaridan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Germaniya – Uzbekistan Airways aviakompaniyasining parvozlar xaritasidagi birinchi xalqaro yo‘nalishlardan biri. 1993-yilda o‘zbekistonliklar va mamlakat mehmonlari Toshkentdan Yevropaning yirik moliya markazlaridan biri bo‘lgan Frankfurtga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bugungi kunda Uzbekistan Airways Frankfurtga dushanba, payshanba, shanba kunlari, shuningdek, Myunxenga – juma va yakshanba kunlari to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirmoqda. Qish fasli Myunxenni haqiqiy ertakka aylantiradi: gavjum yarmarkalar, miltillama chiroqlar, glintveyn ifori va qorli manzaralar sizni yangi yil mo‘jizasiga ishontirishga qodir! Uzbekistan Airways bilan Myunxen va Frankfurtga qulay narxlarda sayohat qiling:

Uzbekistan Airways va Deutsche Bahn o‘rtasidagi kelishuv tufayli Frankfurt yoki Myunxenga sayohat yanada qiziqarli bo‘ladi. Aviakompaniya yo‘lovchilari xalqaro tashuvga va Germaniyaning Deutsche Bahn temir yo’l uchastkasiga yagona tashuv chiptashini xarid qilish imkoniga ega. Temir yo‘l poyezdiga chiqish talonini olish bo‘yicha batafsil yo‘riqnoma bilan https://www.uzairways.com/ru/deutsche-bahn havolasi orqali tanishish mumkin.

Ushbu qish sizda o‘ziga xos taassurotlar qoldirishi uchun Germaniyaning madaniy va tarixiy boyliklarini kashf eting. Aviachiptalarni booking.uzairways.com sayti, Uzbekistan Airways ilovasi, Uzbekistan Airways Sales filiali va aviakompaniya agentlaridan xarid qiling.

Reklama huquqi asosida.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!