menu
Uyqu va charchoqni keltirib chiqaradigan 8 ta mahsulot
Faqat qisqa muddatga energiya berib, so‘ng uyquchanlikka sabab bo‘luvchi mahsulotlar haqida

Oziq-ovqatlar bizga kuch va energiya beradi, degan tamoyilga o‘rganib qolganmiz, lekin shunday mahsulotlar borki, ular uzoq muddatga sizda uyquchanlikni keltirib chiqaradi. Quyida organizmni energiyadan mahrum qiladigan bir nechta mahsulotlar bilan tanishamiz.

Suli yormasi

Eng foydali nonushtalardan biri suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa sizni charchatishi mumkin, chunki uning tarkibida sog‘lom uyquni ta’minlaydigan triptofan moddasi mavjud. Ertalab iste’mol qilingan suli yormasi tushlikda uyqu keltirib chiqaradi.

Banan

Ushbu meva kaliyga boy bo‘lib, organizmda melatonin ishlab chiqarish uchun javob beradi. Banandagi gamma aminoyog‘ kislotasi asab tizimini tinchlantiradi. Kunning birinchi yarmida banan iste’mol qilsangiz, kechqurun sizda uyquchanlik va holsizlik paydo bo‘ladi.

Qora olxo‘ri

Olxo‘rilar B6 vitaminining manbayi bo‘lib, ular melatonin biosintezini kuchaytirgani uchun uyquchanlikka sabab bo‘ladi.

Kivi

Kivida tanani tinchlantiruvchi C vitamini va karotenoidlar bor. Kechki ovqatdan so‘ng kivi yeyish uyqu sifatini yaxshilaydi.

Yog‘li baliq

Losos, midiya, tunes balig‘i kabi yog‘li dengiz mahsulotlari D vitamini va omega-3 kislotalari bilan to‘yingan bo‘lib, ular serotonin ishlab chiqarishni tartibga solishda ishtirok etadi. Shuningdek, qizil ikra ham uyquni keltirishi isbotlangan.

Kurka go‘shti

Kurka go‘shti parhezbop hisoblanadi. Undagi triptofan moddasi suli yormasi kabi uyquchanlikni keltirib chiqaradi.

Bodom

Ushbu yong‘oq tarkibidagi magniy tinchlantiradi va uyqu keltiradi. Bodom yog‘li bo‘lganligi sababli me’yoridan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

Rafinadlangan uglevodlar

Shirinliklar, guruch, makaron va non mahsulotlari vazn ortishi bilan birga energiyani tez sarflanishiga olib keladi. Ular qondagi shakar miqdorini qisqa vaqtda oshirib, insulin moddasi kamayishiga va uyquchanlikka sabab bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!