qarashlar
“Uyda yolg‘iz” filmida bosh qahramon rolini ijro etgan amerikalik aktyor Makoley Kalkin model va tadbirkor Kim Kardashyanning yangi klipida suratga tushdi. “Santa Baby” deb nomlangan qo‘shiq klipida aktyor Santa Klaus obrazida namoyon bo‘lgan.
Kardashyan yangi qo‘shig‘iga klipni 23-dekabr kuni Instagram’dagi sahifasida namoyish qildi. Klip rejissyorlari Nadya Li Koen va Charli Denis, prodyuseri esa barabanchi Trevis Barkerdir.
Besh daqiqa davom etadigan art-haus uslubidagi klipda Kardashyan mallasoch obrazda namoyon bo‘ladi. Unda yangi yil ziyofatini qilayotgan turli odamlar tasvirlanadi. Kardashyan esa emaklab boradi. Klipning oxirida Makoley Kalkin Santa Klaus kiyimida ko‘rsatiladi. U Kardashyanning barcha harakatlarini eski kamerada suratga olayotgan bo‘lib chiqadi.
Kardashyanning yangi yil haqidagi mazkur klipi YouTube’da bir sutkada 1 milliondan ortiq marta tomosha qilindi.
“Santa Baby” qo‘shig‘i birinchi marta 1953-yilda Erta Kitt tomonidan ijro etilgan. Ushbu kompozitsiya Rojdestvo haqidagi eng mashhur qo‘shiqlardan biri hisoblanadi. Uni Madonna, Ariana Grande, Sher, Kayli Minoug, Alisiya Keys, Gven Stefani kabi taniqli xonandalar ham kuylagan.
Comments
0 comment