menu
Uy ichidagi yo‘lbars, tutqich bermas qoplonlar: 2024-yilning eng yaxshi yovvoyi tabiat suratlari e’lon qilindi (foto)
Tanlovga jami 96 mamlakatdan 23 mingga yaqin surat yuborilgan

Har yili bo‘lib o‘tadigan Nature Photographer of the Year 2024 (2024-yilning eng yaxshi tabiat suratkashi) nufuzli mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi. Joriy yilda tanlovga yuborilgan arizalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi. Jami 96 mamlakatdan 23 mingga yaqin tabiatga oid suratlar taqdim etildi.

Yovvoyi tabiatning go‘zalligiga bag‘ishlangan ushbu tanlovda havaskor fotograflar ham, professionallar ham ishtirok etishi mumkin. Bosh sovrin g‘olibi 3000 yevro, alohida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar esa 500 yevro va qimmatbaho fotoapparatlarga ega bo‘ladilar.

Joriy yil natijalariga ko‘ra, italiyalik Paolo Della Rokka 2024-yilning eng yaxshi tabiat fotografi deb topildi. Hakamlar hay’ati uning qor qoplonlari tasvirlangan “Opa-ukalar o‘rtasidagi o‘yin” deb nomlangan fotosuratini yuqori e’tirof etdi. Surat Hindiston shimolida joylashgan Spiti vodiysida olingan.

Quyida tanlovning 12 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar bilan tanishishingiz mumkin.

Yilning eng yosh fotografiga tegishli surat

Tabiat manzarasiga o‘xshaydigan aminokislotalar

Hayvonlar portreti

“Eng yaqin do‘stlar”

“Qora va oq”

“Soyalar o‘yini”

Qushlar

Oltin ko‘z”

Suv ostida olingan suratlar

Bahaybat sakkizoyoq

Inson va tabiat

Uy hayvoniga aylangan yo‘lbars

Yuqori ballar to‘plagan boshqa suratlar

Izidan kuzatib

Somon yo‘li

Rang-barang chayka

Suvning narigi tomonidagi syorfing

Ov

Mehr

O‘zgacha rakurs

Qiziquvchan guanako

Baliq ovi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!