qarashlar
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan innovatsion tashabbus, Biznesni qo‘llab-quvvatlash loyihasi boshlanganini eʼlon qildi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan taqdimotda USAID to‘rtta asosiy yo‘nalish: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, turizm, tekstil va yashil iqtisodiyotda kichik va o‘rta bizneslarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha besh yillik tashabbusni amalga oshirishini eʼlon qilgan. Loyiha ikkita asosiy maqsadga erishishga, xususan, xususiy sektor o‘sishida to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan.
Mart boshida USAID O‘zbekiston Energetika vazirligi va energetika sektori manfaatdor tomonlari bilan toza energiya maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbus – Yashil vodorod xabini ishga tushirish ustida ishlayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Comments
0 comment