menu
‘‘Ukrainaga qo‘shinlarimizni yuborish Uchinchi Jahon urushiga sabab bo‘ladi’’ — Italiya TIV rahbari
‘‘Biz xalqaro huquq va Ukraina erkinligini himoya qilamiz, lekin Rossiya bilan urishmayapmiz’’, — dedi Antonio Tayani

Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborish va Rossiya bilan mojaroda qatnashish Uchinchi Jahon urushiga sabab bo‘lishini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Italiya harbiylari tinchlik va erkinlik tarafdori.

Fevral oyi oxirida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ittifoqchilar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilishlari kerakligini, ya’ni uning hududiga G‘arb qo‘shinlarini yuborishni istisno qilmaslik kerakligini aytgandi.

Keyinchalik Makron‘‘biror narsani istisno qilmaslik uni qilishni anglatmaydi’’, dedi. Italiya mudofaa vaziri Guido Krosettoning aytishicha, Fransiya NATOning barcha a’zolari nomidan gapira olmaydi. Ukraina hududiga qo‘shin yuborish g‘oyasi Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Slovakiya, Chexiya va Shvetsiya tomonidan ham rad etildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!