menu
“Ukrainadagi urush natijasi bahor-yozda hal bo‘ladi” — Borrel
Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Rossiya yirik hujum boshlashi mumkinligidan ogohlantirdi

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha oliy vakili Josep Borrel Ukrainadagi urushning natijasi shu yilning bahor va yozida hal bo‘lishini aytdi. Bu haqda BBC xabar berdi. 

Borrel shu sababli Ukraina AQSHning yangi harbiy yordam ajratishini uzoq kuta olmasligini aytdi.

Yevroittifoq diplomatiyasi rahbari Yevropa ham Ukrainaga harbiy yordamni tezlashtirishi kerakligini aytdi.

AQSH Ukrainaga 300 million dollarlik yangi harbiy yordam paketini yuborishini ma’lum qildi.

Paketga Stinger MANPADS, HIMARS raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, 155 mm artilleriya snaryadlari, shu jumladan, yuqori portlovchi, ikki tomonlama takomillashtirilgan kassetali o‘q-dorilar (DPICM), 105 mm snaryadlar va AT4 tankka qarshi granata otish moslamalari kiradi.

Ukrainada urush boshlangandan beri AQSH, Mudofaa vazirligining hisobotida ko‘rsatilganidek, Kiyevga 44,2 milliard dollar yubordi. Ikki yil ichida Ukrainaga Patriot havo mudofaa tizimi, 2 mingdan ortiq Stinger MANPADS, 12 NASAMS, 31 Abrams tanklari va 45 T-72B tanklari, 20 Mi-17 vertolyotlari va boshqalar berildi.

2023-yil oktyabr oyidan beri Kongress Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatish loyihasini muhokama qilmoqda. Dastlab Ukraina (60,06 milliard dollar), Isroil (14,1 milliard dollar) va Tayvanni (4,83 milliard dollar) qo‘llab-quvvatlash uchun 118 milliard dollar ajratish, shuningdek, AQSH chegaralarini mustahkamlash choralari (20,23 milliard dollar) ko‘zda tutilgan.

Fevral o‘rtalarida Senat Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik yordam ajratadigan hujjatni ma’qulladi. Vakillar palatasi hali bu tashabbusni ko‘rib chiqmagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!