menu
Ukraina Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlari hisobidan birinchi mablag‘ni oldi
Ukraina Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromad evaziga ilk 1 milliard dollarni oldi. Bu AQSH G7 tashabbusi doirasida Rossiya aktivlaridan foydalanish orqali ajratishga qaror qilgan 20 milliard dollarning birinchi qismidir, deb ta’kidladi Shmigal

Ukraina muzlatilgan Rossiya aktivlaridan birinchi mablag‘ni oldi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining Telegram kanalida maʼlum qildi.

“Ukraina Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olingan daromad evaziga ilk 1 milliard dollarni oldi. Bu AQSH G7 tashabbusi doirasida Rossiya aktivlaridan foydalanish orqali ajratishga qaror qilgan 20 milliard dollarning birinchi qismidir”, deb taʼkidladi Shmigal. Bosh vazir Kiyev belgilangan miqdorning boshqa qismini qachon olishiga aniqlik kiritmadi.

20-dekabr kuni Ukraina Moskvaning muzlatilgan aktivlaridan mablag‘ olish imkonini beruvchi kelishuvlarni imzolagani maʼlum qilingandi.

Oktyabr oyida G7 yetakchilari qo‘shma bayonot qabul qilib, ular Ukrainaga 50 milliard dollarlik kredit ajratish bo‘yicha kelishuvga erishganliklarini eʼlon qilishgandi. Shu bilan birga, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga 20 milliard dollar ajratishga vaʼda berdi, qolgan 30 milliard dollar esa “Yettilik guruhi” va Yevropa ittifoqining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan ajratiladi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya Yevropadagi aktivlari o‘g‘irlanishiga albatta javob qaytaradi. Uning taʼkidlashicha, Moskva bunga aloqador shaxslarni qonuniy javobgarlikka tortishni tashkil etish niyatida. Kreml vakiliga ko‘ra, Yevropa Kiyevga yordam berish uchun Rossiya aktivlaridan foydalanishga qaror qilib, eng yomon yo‘lni tanlagan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!