menu
Ukraina gaz, oltin va tuz eksportini bir yilga taqiqladi
Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, ichki bozorda muhim tovarlar taqchilligi yuzaga kelishining oldini olish uchun yillik litsenziyalash va kvotalar joriy etilmoqda

Ukraina Vazirlar Mahkamasi 2025-yilga mo‘ljallangan, eksport va importi litsenziyalash hamda kvotalarni talab qiladigan tovarlar ro‘yxatini tasdiqladi.

Tegishli qaror hukumatning rasmiy portalida eʼlon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, 2025-yil uchun “tuz, ko‘mir, tabiiy gaz, o‘tin, kumush, oltin, qimmatbaho metallar parchalarini eksport qilish uchun nol kvotalar belgilandi”.

Shu bilan birga, hukumat tomonidan “K” markali ko‘mirga 1 million 300 ming tonna va suyuq yoqilg‘iga (mazut) 400 ming tonna kvota belgilandi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi bug‘doy, makkajo‘xori, kungaboqar urug‘lari, shakar, parranda go‘shti va boshqa bir qator qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini litsenziyalashni joriy qildi.

Ukraina iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Taras Kachkaning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat ichki bozorida muhim tovarlarning taqchilligi yuzaga kelishining oldini olish uchun yillik litsenziyalash va kvotalar joriy etilmoqda.

Kecha 24-dekabr kuni Ukraina Jahon bankining “O‘sish uchun asos” dasturi doirasida Buyuk Britaniya va Yaponiyadan 1 mlrd dollar olgani xabar berilgandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!