menu
“Tush o‘ng bo‘lmas, o‘ng tush bo‘lmas”: Toshkent shahar sudining bayonotiga bayonot
“Daryo” nashrida “Birovning sudidagi begona shaxslar: JIB Yunusobod sudida ikkita ish bitta zalda ko‘rildimi?” nomli maqola chop etilgan edi. Shu materialga Toshkent shahar sudi savollarga to‘la munosabat bildiribdi

“Daryo” nashrida “Birovning sudidagi begona shaxslar: JIB Yunusobod sudida ikkita ish bitta zalda ko‘rildimi?” nomli maqola chop etilgan edi. Shu materialga Toshkent shahar sudi savollarga to‘la munosabat bildiribdi.

O‘zi nima gap?

Sayt muxbiri maqolada Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ishlar o‘z vaqtida boshlanmagani, bunga o‘zi ham guvoh bo‘lgani va bir sud majlisida 6 nafar begona shaxs: ikki nafari “panjara” ortida, yana to‘rt nafari zalning bir chetida o‘tirib qatnashganini yozgan. Masʼul idoralardan holat o‘rganilib, javob berilishi so‘ralgan edi.

Kameralarni ko‘tarsa bo‘ladi

Maqolada 17-dekabr kuni soat 16:00 ga belgilangan sud majlisi aytilgan paytdan uch soatga yaqin vaqt o‘tsa-da, boshlanmagani va muxbir sudni kutmay ketgani aytilgan. Lekin Toshkent shahar sudi o‘z munosabatida sud majlisi belgilangan vaqtda, yaʼni soat 16:00 da boshlanganini aytgan.

“Tush o‘ng bo‘lmas, o‘ng tush bo‘lmas, e xullas, bari bir go‘r”

“Daryo”dagi maqolada asosiy savol — birovning sudida 6 nafar begona shaxsning nima qilib o‘tirgani edi. Toshkent shahar sudi mazkur so‘roqqa o‘z munosabatida quyidagicha javob bergan:

 Qanday tushundingiz?

Savollar o‘sha-o‘sha. Ular hamon ochiq. Kutishda, voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!