menu
Turkiyada qo‘lga olingan yana bir o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindi
U firibgarlik sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan

Turkiyada qo‘lga olingan qidiruvdagi o‘zbekistonlik mamlakatga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

1989-yilda tug‘ilgan X.X. firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan. Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qo‘lga olingan.

12-mart kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekistonga deportatsiya qilingan.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilish so‘raldi.

21-fevral kuni shunday jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan erkak mamlakatga deportatsiya qilingandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!