qarashlar
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi turar joylar oldidagi bog‘lar, bolalar va sport maydonchalari, boshqa ijtimoiy obyektlar joylashgan yerlar xalqniki bo‘lishi kerakligi bo‘yicha bayonot berdi.
“Ma’lumki, so‘nggi yetti yilda mamlakatimizda yer munosabatlariga oid tub islohotlar amalga oshirildi, yer maydonlarini noqonuniy berish yoki sotish yo‘nalishida korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida bir qator qonunlar qabul qilindi, yerlarni kim oshdi yoki auksion savdolari orqali shaffof olish tizimi yaratildi.
Shunga qaramasdan, ko‘p qavatli uylar va boshqa turar joylar oldidagi yoki orasidagi bolalar o‘yin va sport maydonchalari, ko‘llar, bog‘lar va daraxtzorlarni, ya’ni umumiy foydalanishdagi ijtimoiy obyektlarni yoki yerlarni turli obyektlar (ko‘p qavatli uy, restoran, mehmonxona, savdo majmuasi va hokazo) qurish uchun berib yuborish, aholining roziligisiz hokimiyat zaxirasiga olib, keyinchalik kim oshdi yoki auksion orqali sotish holatlari ham uchrab turibdi.
Misol uchun, poytaxtimizning Yakkasaroy tumani “Yunus Rajabiy” mahallasidagi futbol maydoni va yashil hudud o‘rnida 5 qavatli bino qurilishi rejalashtirilgan.
Vaholanki, aholi bir yarim yildan beri bunga o‘z noroziligi bildirib kelmoqda yoki aholining qarshiligiga qaramasdan Mirzo Ulug‘bek tumani “Bahor” mahallasida joylashgan futbol maydoni o‘rnida ham ko‘p qavatli bino qurilishi mo‘ljallangan.
Shu kabi holatlarining oldini olish maqsadida “Adolat” SDP quyidagi tashabbuslarni ilgari suradi:
Comments
0 comment