menu
Tuman hokimligi tashabbusi ommalashmoqda
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yoshlarga zamonaviy bilim berish, ilm-fan rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Quvo

Tuman hokimligining bu yo‘nalishdagi xayrli tashabbusi nafaqat ota-onalarni, ilmga chanqoq o‘quvchilarni ham xursand qildi. Birinchi galda bugungi kun talabiga munosib, yaxshi bilim beradigan o‘qituvchilar safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Tumanda yetuk, salohiyatli, bilimdon o‘qituvchi va pedagoglarning vatanparvar homiylar hamkorligida rag‘batlantirib borilayotgani ham o‘z samarasini bermoqda. 

Ota-onalar bilan hamkorlikda ta’limga qaratilgan yana bir xayrli loyiha qisqa fursatda ommalashib ketdi. Birgina misol. Tuman hokimi Sherzod Ashurov tashabbusi bilan haftaning har shanba kuni o‘tkazilayotgan ota-onalar bilan uchrashuvlarda ZOOM platformasi orqali 10 ming nafardan ziyod ota-onalar ishtirok etmoqda. Jumladan, kuni kecha 17- umumta’lim maktabida tashkil etilgan uchrashuvda tumandagi 280 ta boshlang‘ich sinfda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning 12 mingdan ziyod ota-onalari ZOOM platformasi orqali hokim bilan bog‘landi. Unda o‘quvchilarning darslarni o‘zlashtirishi, qiziqishi, ota-onalarning taklifi va muammolari muhokama qilindi. Ta’limdagi yutuqlarni uyushqoqlik bilan targ‘ib qilish hamda ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish orqali mamlakatimizni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga olib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. 

[gallery-16080]

Yig‘ilishda tuman hokimi to‘rtta muhim masalaga alohida e’tibor qaratdi. 

– Farzandlarimizga chet tilini o‘rgatish, telefon va uning zararli oqibatlari, kitobxonlik, ota-onalar navbatchiligi hamda otalar reytingi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ota-onaning o‘rni masalalariga alohida urg‘u berdim, – deydi tuman hokimi Sh.Ashurov. – Mazkur masalalarda ota-onalar va ustozlarning ham fikrlari o‘rtaga tashlandi. Har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashishga kelishib olindi. 
Zarif Komilov, 

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbir

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!