menu
Tramp qotil va zo‘ravonlarni o‘limga hukm qilishga chaqirdi
U prezidentlikka kirishishi bilan “Amerika oilalarini qotillar va yirtqichlardan himoya qilish”ga va’da berdi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp shafqatsiz qotillar va zo‘ravonlar uchun o‘lim jazosi berishni talab qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Trampning fikricha, bunday qattiq choralar AQSHni yana “qonun va tartibga rioya qiluvchi mamlakati”ga aylantiradi. Siyosatchining bayonotiga amaldagi prezident Jo Bayden o‘limga hukm qilingan 37 nafar mahbusni umrbod qamoq jazosiga o‘tkazgani sabab bo‘ldi. Tramp bu qaror mantiqsiz ekani va jabrlanuvchilarning oilalariga ma’naviy zarar yetkazishini bildirdi. 

Prezident farmonlaridan farqli o‘laroq, afv etish to‘g‘risidagi qarorlar uning vorisi tomonidan bekor qilinishi mumkin emas. Trampning o‘tish davri jamoasi Baydenning qarorini qoralab, uni “dunyodagi eng dahshatli qotillardan biri” deb atadi.

Ayni paytda AQSHning 27 shtatida o‘lim jazosiga ruxsat berilgan va federal darajada u 40 dan ortiq turdagi jinoyatlar uchun qo‘llanilishi mumkin.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!