menu
Tramp Kanada AQSHga qo‘shilsa, soliqlarni 60 foizga kamaytirishni va’da qildi 
AQSHning saylangan prezidenti agar Kanada ushbu taklifni qabul qilsa, dunyodagi boshqa hech qaysi davlatda bo‘lmagan harbiy himoyaga ega bo‘lishini aytdi

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Kanada Qo‘shma Shtatlarga qo‘shib olingan taqdirda, mamlakatdagi soliqlar 60 foizdan ko‘proqqa pasayishi mumkinligini ma’lum qildi.

Trampning ta’kidlashicha, bu taklif aholisi AQSHning bir qismi bo‘lishni xohlayotgan Grenlandiyaga ham tegishli. U Daniya orolining Vashingtonga “milliy xavfsizlik maqsadida” zarur ekanligini ta’kidladi. Trump, shuningdek, AQSH “milliardlab dollar” sarmoya kiritgan Panama kanalidan noqonuniy foydalanayotgan  xitoylik askarlarni ham tilga oldi.

Trump joriy yilning dekabr oyi boshida ilk marta Kanadani AQSHga qo‘shish istagini bildirgan edi. Ushbu takliif Kanada bosh vaziri Justin Tryudo bilan suhbat paytida ilgari surilgan edi. Respublikachi nomzodning tushuntirishicha, agar u joriy etgan 25 foizlik bojlar Kanada iqtisodiyotini “barbod qilsa”, bunday holat yuz berishi mumkin.

Fox’ning xabar berishicha, ushbu ibora uchrashuv ishtirokchilari orasida “asabiy kulgi” uyg‘otgan. Kanada va Meksikadan keladigan tovarlarga nisbatan bojlarni Trump 20-yanvar kuni inauguratsiyadan so‘ng darhol joriy etishga qaror qilgan. U bunday qadamning zarurligini ushbu davlatlar bilan chegaradan noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar yetkazib berishning ko‘payishi bilan izohladi.

2023-yilda Meksika eksportining qariyb 83 foizi va Kanada eksportining 75 foizi AQSHga yo‘naltirilgan edi. Biroq, bojlarning joriy etilishi AQSH, Meksika va Kanada o‘rtasida 2020-yilda Tramp tomonidan imzolangan hamda NAFTA o‘rnini egallagan Savdo bitimini (USMCA) buzish bo‘ladi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!