qarashlar
Londonning “Tottenhem” klubi rahbariyati jamoa hujumchisi Son Hyon Min bilan hamkorlikni uzaytirishni istamoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.
“Shporlar” mehnat shartnomasini yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqadi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2025-yil yozida yakunlanadi. Joriy mavsumda 32 yoshli koreyalik hujumchi “Tottenhem” safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Angliya chempionatining 17-turidan so‘ng “Tottenhem” 23 ochko to‘plab, turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Son Hyon Min Janubiy Koreya safida 131 uchrashuvda qatnashib, 50 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Transfermarkt portali osiyolik futbolchining transfer qiymatini 38 million yevroga baholagan.
Comments
0 comment