menu
Toshkentdagi somsaxona havoni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi 
Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganish olib borilgan

Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi somsaxona havoni ifloslantirgani uchun jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi xabar berdi

Aytilishicha, mazkur holat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi. 

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida ushbu holat Chilonzor tumani 3-mavze, 53-sonli aholi yashash xonadonlari oldida yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi. 

Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroga nisbatan Chilonzor tumani ekologiya bo‘limi davlat inspektori tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 95-moddasiga asosan tabiiy muhitni tiklash, tabiiy zaxiralarni qayta hosil qilish va tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatish oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko‘rmaganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi va atroflicha tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!