qarashlar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Sherzod Saparov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, agentlikka kelib tushgan murojaatga asosan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiya universiteti Toshkent filiali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish natijasida filialning mansabdor shaxslari qonunchilik talablariga zid ravishda 740 million so‘mlik ish haqini ortiqcha to‘lab, byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan filial mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda o‘rganish jarayonida to‘plangan hujjatlar prokuraturaga yuborildi.
Comments
0 comment